| |
|
|
| |
Tarix Ekomarkazi |
|
| |
XX asrning 60 yillariga kelib ko‘pdan-ko‘p jonivorlar turlari inson
faoliyatining salbiy oqibatlari sababli yo‘qolib keta boshladi. Noyob
turdagi jonivorlarni bunday falokatdan qutqarishda Tabiat va Tabiiy
Resurslar Xalqaro Ittifoqi (IUCN)ning tashkil etilishi muhim qadam
bo‘ldi. Noyob turdagi jonivorlarni yo‘qolib ketishdan qutqarish borasida
qator qarorlar qabul qilindi va takliflar berildi. Bunday qarorlardan
biri – ularni maxsus ko‘paytirish edi. Bu davr davomida bir qator
davlatlarda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar qabul qilindi,
Umumjahon Qizil kitobidan tashqari bir davlat miqyosidagi Qizil kitoblar
tuzildi, qirilib ketish xavfi ostida turgan jonivorlarni ko‘paytirish
uchun parvarishxonalar tashkil etildi.
O‘tgan asrning
70-yillarida sobiq ittifoq hududida jayronlarni ko‘paytirish uchun 13 ta
parvarishxona tashkil qilish haqida qaror qabul qilingan edi. Ular
jayronlarning bir necha turi yashayotgan yoki avval yashagan
respublikalarda – Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston,
O‘zbekistonda tuzilishi nazarda tutilgan. Amalda jayronlarga
ixtisoslashgan 7 ta parvarishxona tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib
faqat bizning (keyinchalik “Jayron” Ekomarkazi deb nom olgan)
parvarishxonamiz faoliyatini davom etmoqda.
“Jayron” Ekomarkazini
tashkil etib, faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishiga ko‘plab mutaxassislar
xissa qo‘shgan, ammo uning asoschilari deb Petrov Vladimir Mixaylovich
va Ishunin Grigoriy Ivanovichni aytish mumkin.
Parvarishxonadagi ilmiy
ishlarga dastlabki yillari professor, taniqli olimlar biologiya fanlari
doktorlari prof. A.G.Bannikov va prof. V.E.Flint rahbarlik qildi.
Avval Ekomarkaz
“Jayronlarni ko‘paytirish bo‘yicha Buxoro maxsus parvarishxonasi” deb
nomlanib, uning vazifasi bu noyob hayvon turini ko‘paytirish,
biologiyasi va populyatsiya resurslaridan ratsional foydalanish
muammolarini o‘rganish bo‘lgan. Keyinchalik, jayronlarni ko‘paytirish
bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgach, parvarishxona boshqa noyob
hayvon turlari – qulon, sayg‘oq, Buxoro bug‘usi, Prjevalьskiy oti,
yo‘rg‘a tuvaloq, qoplonlarni ko‘paytirish bilan ham shug‘ullana
boshladi. Faoliyat doirasi kengaytirilgani va erishgan muvaffiyatlari
salmog‘i e‘tiborga olinib, 1998 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan parvarishxonaga “Jayron” Ekomarkazi
degan nom berildi.
Bugungi kunda “Jayron”
Ekomarkazi yo‘qolib borayotgan turdagi jonivorlarni ko‘paytirish,
ularning biologiyasini o‘rganish hamda hayvonot bog‘lari va shaxsiy
kollektsiyalar bilan noyob turdagi hayvonlarni almashish bilan
shug‘ullanadi. Hozirgi davrda Ekomarkaz jayron, qulon, Prjevalьskiy oti,
Buxoro tog‘ qo‘yi va burama shohli echki (morxo‘r)ni ko‘paytirish bilan
shug‘ullanmoqda. Ilmiy bo‘lim kuchi bilan jayron, qulon, Prjevalьskiy
oti bo‘yicha tadqiqotlar monitoringi ham olib borilmoqda. Bundan
tashqari, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ilmiy ishlar va
hamkor tashkilotlarning grantlari bilan mustaqil tadqiqotlar olib
borilmoqda.
Manba: rasmiy sayt
«Jayron» Ekomarkazi (2013)
|
|
|
|
|